Yana bir gigant davlat Ochiq osmon shartnomasidan chiqayotganini e’lon qildi

Yana bir gigant davlat Ochiq osmon shartnomasidan chiqayotganini e’lon qildi

15 yanvar kuni Rossiya Ochiq osmon shartnomasidan chiqmoqchiligi haqida e’lon qildi. AQSh ham ushbu bitimni o‘tgan yili bekor qilgandi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytilishicha,  AQShning o‘tgan yili Ochiq osmon bitimidan chiqqani mazkur shartnomani imzolagan davlatlarning manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni sezilarli darajada o‘zgartirib yubordi. Shuningdek, Rossiya tomonidan ushbu bitimni saqlab qolish borasidagi takliflar G‘arb davlatlari tomonidan yaxshi qabul qilinmagan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha,  Moskva endi mazkur shartnomadan chiqish uchun tegishli huquqiy harakatlarni boshlaydi.

Ochiq osmon shartnomasining maqsadi Rossiya va G‘arb mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro  ishonchni tiklash hisoblanadi. Unga ko‘ra, mamlakatlar orasida bir-birining hududiga razvedka samolyotlarini uchirib, u yerdagi harbiy bazalar va harbiy harakatlar haqida ma’lumot olish bo‘yicha bitimlarga kelishiladi. Ushbu shartnomaga 30 dan ortiq mamlakat qo‘shilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!