Yakkasaroy tumanida mahalla raisi nogiron fuqaroni kamsitib, kaltakladi

Yakkasaroy tumanida mahalla raisi nogiron fuqaroni kamsitib, kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanidagi “Armug‘on” mahallasi raisi tomonidan nogiron fuqaro kamsitilgani hamda kaltaklanganligi aks etgan video tarqalgandi...

2022 yil 29 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida A. Q. (1963 yilda tug‘ilgan) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, A. Q. 2022 yil 27 noyabr kuni soat 12:20 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Boshliq mavzesi “Armug‘on” mahallasi, KXAY ko‘chasi, 9-uy oldida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, fuqaro I. P. ni orqa qismiga tepib, mayda bezorilik qilgan va ushbu holat internet tarmog‘i orqali keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Sudning qarori bilan A. Q. ga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati (protesti) berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!