XVJ: «Qarzdor bo‘lgan mamlakatlarga yordam berish uchun ko‘proq mablag‘ zarur”

XVJ: «Qarzdor bo‘lgan mamlakatlarga yordam berish uchun ko‘proq mablag‘ zarur”

XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva qarz beruvchilarga qarzdorligi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga yordam berish uchun qo‘shimcha resurslar kerakligini aytmoqda.

Shuningdek, u pandemiya tufayli global iqtisodiyotdagi yuqori noaniqlik darajasiga ishora qildi.

Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamg‘armaning o‘z zaxirasining yangi taqsimoti - "Maxsus pul olish huquqlari" (Special Drawing Rights, SDR) sog‘liqni saqlash muammolari va iqtisodiy inqirozni yengish uchun ko‘proq mablag‘ ajratadi, shuningdek raqamli va yashil iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!