XTV: Dars vaqtida majlis qilgan direktorga chora ko‘rildi

XTV: Dars vaqtida majlis qilgan direktorga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda maktab direktori dars o‘tayotgan o‘qituvchilarni majlisga chaqirgani sababli bolalar 40 daqiqa qarovsiz qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur holat Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi, deydi "qalampir.uz".

Aniqlanishicha, haqiqatan ham, 2019 yil 6 sentyabr kuni Chortoq tumanidagi 52-umumta’lim maktabi direktori R.Boydedayev tomonidan 19 nafar o‘qituvchini dars mashg‘ulotlari paytida majlisga chaqirganligi sababli bir muncha vaqt o‘quvchilar o‘qituvchi nazoratisiz qolgan.

Mazkur holat sababli, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonini namunali tashkil etishni yetarli darajada yo‘lga qo‘ymaganligi uchun maktab direktori R.Boydedayev va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Ismoilovga nisbatan tegishli chora ko‘rilib, ular O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligiga asosan egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Qayd etilishicha, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bu borada tegishli chora-tadbirlarni ko‘rib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!