Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochilishi bo‘lib o‘tdi

Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochilishi bo‘lib o‘tdi

28 sentyabr kuni XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Xorazm viloyatida birinchi kinooperator, o‘zbek kinosi darg‘asi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatr ochilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchonov, taniqli kinorejissyor Hilol Nasimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammadali Abduqunduzovlar so‘zga chiqib, Xudoybergan Devonovning kinochilik rivojiga qo‘shgan hissasi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini, kelajak avlod uning boy madaniy merosidan uzoq yillar davomida foydalanish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidlab o‘tishdi.

Ochilish marosimi davomida mehmonlar uchun fotoko‘rgazma shu bilan birga, operator hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy kecha tashkil qilindi.

Marosim doirasida Xudoybergan Devonov nomiga «Turksoy» oliy mukofotining topshirilishi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng «Birinchi qaldirg‘och» filmi namoyish etildi.

Shuningdek, kun davomida Urgency shahrida bunyod etilgan, aynan «Xiva Langari» filmining suratga olish jarayonlari o‘tkazilayotgan kino shaharchasining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy delegasiyalar vakillari, film ijodkorlari, kinoshunoslar, OAV xodimlari va boshqalar ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!