Xorazmda “kannabis” giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Xorazmda “kannabis” giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Xorazm viloyatining Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan “Qoradori-2022” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida chora-tadbirlar olib borildi. Ushbu tadbir natijasida, taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelayotgan shaxsning jinoiy qilmishi fosh etildi.

Qayd etilishcha, Urganch shahrida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan D.H. ning yashash uyi va tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Buning natijasida, xonadon egasi uyining tomorqa qismida 2 tup “kannabis” o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvandlik vositasi borligi tasdiqlandi.

Xabarga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, “kannabis” esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!