Xorazmda 6-sinf o‘quvchilarini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Xorazmda 6-sinf o‘quvchilarini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Tarmoqlarda Xorazmdagi maktablardan birida o‘qituvchi dars vaqtida 2 nafar o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, voqea 23 may kuni Tuproqqal’a tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. 6-sinf o‘quvchilari geografiya fani darsida o‘zaro gaplashib o‘tirgani uchun o‘qituvchi tanbeh bergan. Keyin esa ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Videoyozuv tarmoqlarda tarqalib, mas’ullar o‘rganganidan so‘ng o‘qituvchi o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozgan, ishdan bo‘shatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!