Xonanda Jastin Timberleyk mast holatda mashina haydagani uchun hibsga olindi

Xonanda Jastin Timberleyk mast holatda mashina haydagani uchun hibsga olindi

Amerikalik xonanda, kompozitor va qo‘shiqlar muallifi Jastin Timberleyk Nyu-Yorkda mast holatda mashina haydagani uchun hibsga olindi. Bu haqda Associated Press va ABC News’ga tayanib “Pravila jizni” xabar bermoqda.

Timberleyk dushanba kuni kechqurun Sag Harbor okrugida hibsga olindi va huquq-tartibot idorasiga keltirildi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchi mehmonxonada bo‘lib o‘tgan bayram ziyofatidan qaytayotgan bo‘lgan va mashina haydash chog‘ida to‘xtash belgisiga amal qilmagan.

Polisiya xodimlari Jastin ortidan quvib, uning hujjatlarini tekshirish uchun to‘xatdi, biroq xonanda alkotester tekshiruvidan o‘tishdan bosh tortdi. Shu sababli polisiya ofiseri uning qo‘liga kishan solib, markaziy bo‘limga olib bordi.

Turli manbalar yaqin kunlarda Jastin Timberleykka ayblov hukmi o‘qib eshittirilishi haqida xabar qilmoqda. TMZ nashrining yozishicha, Timberleykka allaqachon mast holda mashina haydagani, to‘xtash belgisiga e’tibor bermagani va yo‘l chiziqlariga amal qilmagani uchun ayblovlar qo‘yilgan. Sud majlisi 26 iyulga belgilangan va hozircha xonanda qo‘yib yuborilgan.

Ayni damda Jastin Timberleyk Forget Tomorrow nomli dunyo bo‘ylab gastrol turlarini o‘tkazmoqda. Bu hafta u Chikagoda ikkita konsert berishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!