Xoland Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

Xoland Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland 2022/23 yilgi mavsumda Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Angliya Premyer-ligasining yakunlangan mavsumida 22 yoshli norvegiyalik 35 o‘yinda 36 ta gol urdi va chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn 38 o‘yinda 30 gol bilan ikkinchi o‘rinda. Kuchli uchlikni "Brentford" futbolchisi Ayvan Toni 33 o‘yinda 20 ta gol bilan yakunladi.

Qo‘shimcha qilamizki, "Manchester Siti" muddatidan avval Angliya chempioni bo‘ldi, Xoland esa avvalroq Premyer-ligada butun mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi va eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingandi. Qayd etish joizki, tarixda birinchi marta bir futbolchi bir mavsumda bu ikki sovrinni qo‘lga kiritmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!