Xodim ketma-ket ikki marta tug‘ruq ta’tiliga chiqsa, bu davr uchun to‘lanadigan pul mablag‘i takror beriladimi?

Xodim ketma-ket ikki marta tug‘ruq ta’tiliga chiqsa, bu davr uchun to‘lanadigan pul mablag‘i takror beriladimi?

— Mening turmush o‘rtog‘im maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. O‘tgan yili (2017 yilda) turmush o‘rtog‘im uchinchi farzandimizga tug‘ruq ta’tiliga chiqqan edi. Hozirda yana xomilador. Savolim shundan iboratki, tug‘ruq ta’tili davriga to‘lanadigan pul mablag‘i takror beriladimi? Lekin, hali ishga chiqib ulgurmagan va hali ham ta’tilda. Tug‘ruq ta’tilini tug‘ruq ta’tiliga ulab yuborsa, tug‘ruq ta’tili uchun pul beriladimi? Berilsa qancha miqdorda beriladi va qancha muddatda berilishi kerak. Iltimos, shu masalada qonunda belgilangan tartibni batafsil yoritib bersangizlar. (S.S. Andijon viloyati, Shahrixon tumani)

Qonunchilikka muvofiq, ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bolnichniy list) asos bo‘ladi.

Xodim bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilga chiqishi mumkin, bunday holatda ham nafaqa mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun to‘liq to‘lab beriladi.

Bunda, nafaqa summasi lavozim maoshidan va ta’til boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi.

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tug‘ishdan oldin ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo‘la to‘lanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!