Xivada haydovchining 28 ta jarimasi uchun "Neksiya 3" mashinasi sotildi

Xivada haydovchining 28 ta jarimasi uchun "Neksiya 3" mashinasi sotildi

Majburiy ijro byurosi Xiva shahar bo‘limi tomonidan ish yurituvidagi YHXB tomonidan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, muntazam ravishda yo‘l harakati qoidalarini buzib, ogohlantirishlarga qaramay, qo‘llanilgan jarimalarni to‘lamasdan kelayotgan huquqbuzarlarga nisbatan bo‘lgan ijro ishlariga alohida e’tibor qaratgan holda olib borilgan ijro harakatlari davomida, bo‘lim ish yurituvidagi qarzdorlarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarini xatlash va ularni realizasiya qilish orqali jarimalar undirilib kelinmoqda.

Shu jumladan, bo‘lim ish yurituvidagi qarzdor N.R. tomonidan sodir etilgan 28 ta yo‘l harakati qoidalarini buzganligi bo‘yicha qo‘llanilgan jarimalarni to‘lash bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, jarimalar qoplanmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor nomida bo‘lgan “NEXIA 3” rusumli avtomashina xatlanib, 2024 yilning 14 iyun kuni auksion savdolariga chiqarilgan va sotuvdan tushgan mablag‘ hisobiga qarzdorga nisbatan ish yurituvida bo‘lgan 28 ta ijro ishi bo‘yicha davlat foydasiga 9.702.000 so‘m ma’muriy jarima undirilishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!