Xitoyning yangi xaritasi e’lon qilindi. Rossiya va Hindiston hududlari Xitoy tarkibiga kiritildi
Xitoyning “Standart xaritalar kartografik xizmati” davlat sayti 2023 yilga mo‘ljallangan yangi, rasman tasdiqlangan geografik xaritalar to‘plamini chiqardi. Unda Rossiya hududlarining bir qismi Xitoy tarkibiga kiradi, deb yozadi tengrinews.kz.
Gap Amur daryosida joylashgan, Rossiya va Xitoy o‘rtasida 2008 yilda tuzilgan shartnoma asosida bo‘lingan Bolshoy Ussuriy oroli haqida bormoqda. Xaritada orol mamlakatning eng sharqiy nuqtasi sifatida alohida qayd etilgan.
“Namunaviy xarita Xitoy va dunyoning boshqa mamlakatlari chegaralarini loyihalash bo‘yicha milliy standartlarga muvofiq tuzilgan”, — deyiladi izohda.
Yangi rasmiy kartalar to‘plami yangiliklar, kitoblar, reklama materiallarida illyustrasiya sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ulardan ma’lumot bazasi xaritasi sifatida ham foydalanish mumkin, deb ta’kidladi xizmat.
Xitoy Janubiy Tibet deb ataydigan Hindistonning Arunachal-Pradesh shtati va 1962 yilgi urush paytida Xitoy tomonidan bosib olingan Ladaxdagi Oqsay Chin chegara hududi ham yangi geografik xaritada Xitoy hududi tarkibiga kirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hindiston Xitoyga bir necha bor “Arunachal-Pradesh Hindistonning ajralmas qismi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”, deb bir necha bor ta’kidlagan. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Arindam Bagchi Pekinga xaritaning chiqarilishiga keskin norozilik bildirdi.
Xaritada, shuningdek, Xitoyning Tayvan oroliga da’vosi va Xitoyning Janubiy Xitoy dengizining katta qismiga da’vosini ifodalovchi "to‘qqiz chiziqli chiziq" ko‘rsatilgan.