"Xitoyga yon bosdinglar": Tramp nega g‘azabda?

"Xitoyga yon bosdinglar": Tramp nega g‘azabda?

"COVID-19" koronavirusining ilk o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahrida karantin rasman nihoyasiga yetdi. Bugundan boshlab Xitoyning bu shahrida jamoat transporti, poyezd va samolyotlar o‘z ishini boshladi. Mahalliy aholi va mehmonlarga shaharni tark etishga ruxsat berildi.

Bu orada AQSh Prezidenti Donald Tramp Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) virus tahdidi haqida erta va to‘g‘ri xabar bermaganlikda ayblab, tashkilotni moliyalashni to‘xtatishi haqida tahdid qildi. Tramp ayni paytda JSSTni Xitoyga yon bosganlikda ayblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!