Xitoyda yana koronavirus: 108 mln kishi karantinga olindi

Xitoyda yana koronavirus: 108 mln kishi karantinga olindi

Xitoyning shimoli-sharqiy mintaqalaridagi 108 mlndan ko‘proq kishi hukumatning koronavirus yangitdan avj olishi sababli qabul qilgan karantin choralari ostiga tushdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Szilin provinsiyasida koronavirusga chalinish bo‘yicha 34 ta yangi holat qayd qilingani sababli avtobus va temir yo‘l qatnovi to‘xtatilgan, maktablar yopilgan. “Xitoyning bunday tezkor va kuchli munosabati u katta iqtisodiy va ijtimoiy sarflar bilan virus tarqalishini to‘xtatgandan keyin uning ikkinchi to‘lqini oldidagi qo‘rquvini aks ettiradi. Bu, shuningdek, Xitoy va boshqa davlatlar ochilishi jarayoni qanchalik mo‘rt ekanligi alomatidir, chunki infeksiyaning yana paydo bo‘lishiga kichik shama ham qat’iy izolyasiyaga qaytishga undashi mumkin”, deb yozgan agentlik.

Virus tarqalishining yangi o‘chog‘i sifatida Szilin viloyati va uning shu nomdagi markazi aytilmoqda. Ushbu hudud yana Xitoyning katta qismi uchragan qat’iy to‘silishga uchramoqda.

Provinsiyada infeksiya avj olgani haqida South China Morning Post nashri ham xabar bergan. Nashrda ta’kidlanishicha, hukumat provinsiyada joylashgan Shulan shahrini to‘liq yopib qo‘ygan, Szilin shahri ham qisman yopilgan. Provinsiyaga bosh vazir o‘rinbosari boshchiligidagi hukumat komissiyasi jo‘natilgan. Shuningdek, 6 nafar mahalliy amaldor, jumladan kommunistik partiyaning Shulandagi qo‘mitasi va shaharning sog‘liqni saqlash komissiyasi rahbarlari o‘z lavozimidan bo‘shatilgan.

Shaharda, shuningdek, qat’iy karantin choralari kiritilgan. Jumladan, oiladan bir odamga uydan ikki kunda bir marta 2 soatga xaridlar uchun chiqishga ruxsat beriladi. Nafaqat Shulanga, balki yaqin atrofdagi shaharlar va posyolkalarga kirish-chiqish taqiqlangan, shahar o‘rab olingan.

Xitoy sog‘liqni saqlash komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 17 may kuni mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha 7 yangi holat qayd qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!