Xitoyda tarixdagi eng katta xakerlik hujumi sodir etildi

Xitoyda tarixdagi eng katta xakerlik hujumi sodir etildi

Shanxay polisiya bazasidan milliardlab xitoylikka oid ma’lumotlar o‘g‘irlangan.

Bloomberg nashri xabariga ko‘ra, bir yoki bir necha guruh xakerlar Shanxay polisiyasining ma’lumotlar bazasiga buzib kirishgan va Xitoydagi milliardga yaqin kishining ma’lumotlarini ko‘chirib olgan. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik ma’lumotlar o‘g‘irlanishi hisoblanadi.

Xakerlik haqidagi xabar o‘tgan hafta darknetdagi onlayn forumlardan birida e’lon qilingan. 4 iyul kuni Binance kriptovalyuta birjasining bosh direktori Chjao Changpeng Twitter'da voqea haqida to‘liqroq ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Osiyo mamlakatining milliardga yaqin fuqarosi haqidagi ma’lumotlarning sizib chiqishini qayd etgan. Xakerlar ismlar, manzillar, tug‘ilgan joylar, telefon raqamlari, pasport raqamlari, shuningdek, jinoiy huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘lishgan. Xakerlar ixtiyorida 23 TB hajmli ma’lumotlar bazasi mavjud. Ma’lumotlarni qaytarish uchun o‘g‘rilar 10 bitkoin so‘ramoqda, bu bugungi kurs bo‘yicha taxminan 200 000 ming dollarni tashkil etadi. Shanxay rasmiylari hozircha xakerlik holatiga izoh bermagan.

Xakerlar Shanxay polisiyasi serverlariga qanday qilib kirishgani noma’lum. AQSh va boshqa davlatlar bir necha bor Xitoyni kiberjinoyatchilarning dunyodagi eng yirik manbalaridan biri deb atagan. Mutaxassislarga ko‘ra, xakerlar qimmatli ma’lumotlar yoki intellektual mulklarga hujum qilish uchun mahalliy idoralar nomidan tizimlarga kirib borishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!