Xitoyda «Mangxut» tayfuni tufayli xavfsizlikning eng yuqori darajasi e’lon qilindi

Xitoyda «Mangxut» tayfuni tufayli xavfsizlikning eng yuqori  darajasi e’lon qilindi

Xitoylik sinoptiklar «Mangxut» tayfuni yaqinlashishi munosabati bilan xavfsizlikning eng yuqori - «qizil» darajasi haqida e’lon qilishdi. Sinxua agentligi shu haqida xabar berdi. 

Xitoy meteorologiya markazi (XMM) ma’lumotlariga ko‘ra, tayfun yakshanba kuni kunduzi yo kechqurun Guandun provinsiyasidagi Chjuxay va Chjanszyan shaharlari o‘rtasidagi qirg‘og‘iga keladi, shamol tezligi 45-52 m/s bo‘lishi kutilmoqda. 

XMM yaqinlashayotgan tabiiy ofat sababli mahalliy hukumat vakillarini zarur ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi. 

Meteorologlar tayfun kuchli shamol va sel yomg‘irlari bilan namoyon bo‘lishidan ogohlantirishmoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!