Xitoyda koronavirus tufayli pullar yo‘q qilinadi

Xitoyda koronavirus tufayli pullar yo‘q qilinadi

Xitoy hukumati koronavirusni to‘xtatish bo‘yicha yangi strategiyani maqullashdi: “zaharlangan kupyuralar” yo‘q qilinadi, boshqa qismi esa dezinfeksiya qilish haqida qaror qabul qilindi.

Bu haqda Global Times gazetasi Xitoy hukumat saytiga asosan xabar qildi.

Epidemiyaga eng ko‘p uchragan tumanlardagi shifoxona, bozor va jamoat transportidan olingan pullar yo‘q qilinadi. Yo‘q qilinadigan banknotalar miqdori haqida ma’lumot ochiqlanmagan.

Mavzuga oid: koronavirusning onlayn ko‘rsatkichi

Qolgan pullar ultrabinafsha nurlar yordamida dezinfeksiyadan o‘tkaziladi va ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.

Yo‘qotilgan pul birliklar o‘rnini to‘ldirish uchun Xitoy markaziy banki yangi banknotalar ishlab chiqaradi. Xususan, yanvarda bank Uxanga yangi banknotalar shaklida 4 milliard yuan ajratdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi koronavirus bilan 73 ming kishi kasallandi, 1873 kishi halok bo‘ldi, 12,5 mingdan ortiq kishi sog‘ayib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, olimlar koronavirusni pul va uyali telefon orqali yuqtirish mumkinligini ma’lum qilgani haqida xabar bergandik.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!