Xitoyda kitob do‘konini bezatishda noodatiy dizaydan foydalanildi

Xitoyda kitob do‘konini bezatishda noodatiy dizaydan foydalanildi

X+Living kompaniyasi Xuayanda (Xitoy) yangi kitob do‘koni uchun noodatiy konseptual dizayndan foydalandi.

Do‘konning ichki qismi asosan turli shakl va o‘lchamdagi kesishgan doiralardan iborat. Ular fazoviy ob’ektlarni, ularning harakatlanish orbitalarini va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini o‘zida namoyon etadi. Ba’zi halqalar zina vazifasini bajarsa, qolganlari kitoblar bilan jihozlangan vitrinalardir.

Odamlar halqalar fonida kichkina ko‘rinadi. Bezatishda asosan qora rangdagi yog‘och va marmar foydalanilgan, do‘kondagi shift oynavand qilib ishlangan bo‘lib, bu xonani vizual tarzda kengroq qilib ko‘rsatadi. Shuningdek, do‘kon ichida qahvaxona, bolalar o‘yin maydonchasi va o‘qish zali uchun joy ham bor, deb xabar beradi techcult.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!