Xitoy Ukrainadagi mojaroga «zudlik bilan va radikal» ta’sir ko‘rsatadigan yagona kuchdir

Xitoy Ukrainadagi mojaroga «zudlik bilan va radikal» ta’sir ko‘rsatadigan yagona kuchdir

Fransiya prezidenti idorasi nazarida, Xitoy Ukrainadagi mojaroga «zudlik bilan va radikal» ta’sir ko‘rsatadigan yagona kuchdir. Ta’kidlanishicha, Fransiya yetakchisi Makron Xitoyga bo‘lajak tashrifi chog‘ida bu davlatni Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatish ko‘rinishidagi «og‘ir qaror»dan ogohlantirishni rejalashtirmoqda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Xitoyga tashrifiga sanoqli kunlar qolar ekan, uning idorasi bayonotida shunday dedi: “Agar Xitoy bu «jiddiy qaror»ni qabul qilsa, bu qaror mojaroning borishiga muhim strategik ta’sir ko‘rsatadi. Prezident Makron xitoylik hamkasbi Si Szinpinni Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatish qarorining oqibatlari haqida ogohlantiradi.
Qayd etilishicha, Makron Ukraina tinch fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash va «qisqa muddatda mojaroni hal qilish yo‘lini topish» maqsadida Xitoy bilan hamkorlik maydonini chizishni rejalashtirmoqda.
Fransiya va Xitoy rahbarlarining uchrashuvi Xitoy «mojaro rivojiga zudlik bilan va radikal ta’sir ko‘rsatadigan dunyodagi yagona kuch» bo‘lishi sharoitida katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 5-8 aprel kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. Makronga Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen hamrohlik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!