Xitoy hukumati 2026 yil 1 yanvardan boshlab kontrasepsiya dorilari va vositalariga nisbatan amalda bo‘lgan soliq imtiyozlarini bekor qildi. Natijada, homiladorlikka qarshi tabletkalar ko‘pchilik iste’mol tovarlari kabi 13 foiz QQS stavkasi bilan soliqqa tortiladi. Reuters’ning yozishicha, bu imtiyozlar taxminan 30 yil davomida amalda bo‘lgan.
"Shu bilan birga, hukumat ota-onalar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlarga qo‘yilgan soliqlarni bekor qilmoqda. Buning sababi Xitoyda aholi soni ketma-ket uch yildan beri qisqarib bormoqda. Mamlakatda 2024 yilda atigi 9,54 million chaqaloq tug‘ilgan, bu bir necha yil avval, “bir oila — bir bola” siyosati bekor qilinganida qayd etilgan 18,8 million nafar tug‘ilishning yarmiga ham yetmaydi", deya yozmoqda agentlik.
So‘nggi yillarda Xitoyda tug‘ilish darajasi keskin pasayib, aholi qarishi tezlashdi. Reuters ma’lumotida aholi soni 2024 yilga kelib ketma-ket uchinchi yil qisqargani qayd etiladi. Shu vaziyatda Pekin turli “tug‘ilishga do‘stona” (pronatalist) choralarni ishga solyapti — yangi soliq siyosati ham o‘sha urinishlardan biri sifatida talqin qilinmoqda. 1993 yildan beri Xitoyda “bir oila — bir bola” siyosati amal qilgani sababli kontraseptiv vositalar barcha soliqlardan ozod qilingan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.