Elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla Xitoy bozorida katta chegirmalar taklif qilmoqda va bu sodir bo‘layotgan voqealarni "narxlar urushi" deb hisoblaydigan mahalliy kompaniyalarni xavotirga solmoqda, deb yozadi Bloomberg.
Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilar assosiasiyasi (CAAM) raqobatchini agressiv savdo siyosatidan voz kechishga chaqirdi. Uning fikriga ko‘ra, chegirmalar sotishning pasayishi va zaxiralarni yig‘ish muammosiga uzoq muddatli yechim emas. Tashkilotning ta’kidlashicha, sanoat sog‘lom rivojlanishini ta’minlash uchun normal ishlashga qaytishi kerak.
2022 yil oktabr oyida Ilon Mask kompaniyasi Shanxaydagi zavodda ishlab chiqarilgan bir qator modellar narxini pasaytirdi. 2023 yil yanvar oyida chegirmalarning yana bir to‘lqini vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Natijada Xitoyda ishlab chiqarilgan Tesla avtomobillari o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga, AQSh va Yevropadagiga qaraganda qariyb 50 foizga arzonroq bo‘ldi.
Qarorlar Xpeng va Nio kabi mahalliy elektromobil ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek, Volkswagen va Mercedes-Benz kabi yetakchi xalqaro brendlarni mijozlarga 70 000 yuan (10 000 AQSh dollari) gacha chegirmalar taqdim etishga majbur qildi. Ford kompaniyasining Mach-E elektr yo‘ltanlamas avtomobilining boshlang‘ich narxi 209 900 yuanga tushdi, bu AQShdagidan deyarli uchdan bir baravar arzon. Bloomberg taxminlariga ko‘ra, kamida 30 ta boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar narxlarni pasaytirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.
Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.
Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.
Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.
Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.