Elit Osiyo Chempionlar ligasi formati o‘zgarishi haqida ma’lumot berib o‘tgandik. Ya’ni mavsum-2026/2027dan boshlab musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etadigan jamoalar soni jami 32 taga yetkaziladi (G‘arbda — 16 ta, Sharqda — 16 ta).
Yangi formatda kvotalar soni qanday taqsimlanishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar paydo bo‘ldi. Bu haqda Alisher Nikimbayev ma’lumot berib o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ishonilsa, Elit OCHL yangi formatida kvotalar soni faqat 12 ta mamlakatga tegishli bo‘ladi: G‘arb va Sharq mintaqalarida 6 tadan.
Eng katta foydani, kutilganidek, o‘z mintaqalari reytingida yetakchilik qilayotgan Saudiya Arabistoni va Yaponiya oladi. Ularga avval bo‘lmagan pley-off bosqichi uchun yana ikkitadan yo‘llanma qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.
Mintaqaviy reytingda 2-o‘rindagi mamlakatlar (BAA va Janubiy Koreya) guruh bosqichi uchun yana bittadan qo‘shimcha o‘ringa ega bo‘ladi. Shuningdek, 5-o‘rindagi mamlakatlar (O‘zbekiston va Avstraliya) hamda 7-o‘rindagilar (Iordaniya va Vyetnam) saralash pley-off bosqichi uchun bittadan yo‘llanma oladi. E’tiborlisi, yettinchi o‘rindagi mamlakatlarda avval bunday imkoniyat bo‘lmagan.
Qizig‘i shundaki, 6-o‘rindagi mamlakatlarga (Iroq va Malayziya) hech qanday qo‘shimcha berilmaydi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rindagilar (Qatar va Tailand, Eron va Xitoy)ning saralashdagi bitta o‘rni guruh bosqichiga qo‘shib berildi.
Yana bir bor ta’kidlash joiz: bu hali rasmiy ma’lumot emas va ehtimol, qo‘mita muhokamasi uchun taqdim etilgan variantlardan biri bo‘lishi mumkin. Rasmiy yangiliklar juma kuni kutilayapti.
Agar ushbu taklif qabul qilinsa:
— «Neftchi» Elit Chempionlar ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi (eski formatda ham shunday edi);
— «Paxtakor» musobaqani pley-off bosqichidan boshlaydi: g‘alaba qozonsa — guruh bosqichiga chiqadi, mag‘lub bo‘lsa — OCHL-2ga tushadi (eski formatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri OCHL-2da ishtirok etishi kerak edi);
— «Nasaf» OCHL-2 guruh bosqichida ishtirok etadi (eski format bo‘yicha OFK musobaqalari yo‘llanmasini qo‘lga kiritmagandi).
Albatta, bu holat klublarda OFK Chempionlar ligasi lisenziyasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.
1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.
Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.
Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.