“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi
“Real” rahbariyati jamoaga bosh murabbiy sifatida Didye Deshamni taklif qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani xabar qilingan edi.
Futbol ekspertlari fransiyalik mutaxassisning ustun tomonlariga e’tibor qaratib, “Real”ga unga qiziqish bildirayotganining bir necha sabablarini keltirdi.
Birinchidan, u yulduz futbolchilardan iborat jamoani boshqarishda katta tajribaga ega va “Monako”, “Yuventus”, “Marsel” hamda Fransiya terma jamoasida kuchli lider sifatida o‘zini ko‘rsatgan.
Ikkinchidan, u 2018 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozongan va 2022 yilda fransiyaliklar yana finalga olib chiqqan.
Bundan tashqari, u “Real”ning qator yetakchi futbolchilari, jumladan Kilian Mbappe va Orelyen Tchuameni bilan yaxshi munosabatlarga ega hamda ispan tilini bilishi uning ustunliklaridan biri hisoblanadi.
Qayd etilishicha, “Real”ning “Bavariya”ga qarshi Chempionlar ligasidagi qarama-qarshilikda mag‘lub bo‘lishi murabbiy almashuv jarayonini tezlashtirishi mumkin.
Deshamning o‘zi hozircha kelajagi haqida izoh bermayapti, ammo manbaga ko‘ra, u faoliyatini davom ettirishning turli variantlarini ko‘rib chiqmoqda va Yevropadan ham, Saudiya Arabistonidan ham takliflarga ega.
