O‘zbekiston terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov CIES versiyasiga ko‘ra 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi.
Reyting so‘nggi olti oy davomidagi o‘yinlar asosida tuzilgan bo‘lib, unda futbolchilarning statistikasi, liga darajasi, jamoa natijalari hamda o‘yin vaqti hisobga olingan.
Husanovning APLdagi o‘rni
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasida 79,9 indeks bilan 19-o‘rinni egalladi. Reytingda «Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts yetakchilik qildi. Ikkinchi o‘rinni «Manchester Siti» futbolchisi Rayan Sherki, uchinchi o‘rinni esa «Nyukasl Yunayted» vakili Lyuis Xoll egalladi.
Reyting qanday shakllantirildi
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi — CIES Football Observatory 67 ta milliy ligada to‘p surayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarni tahlil qildi. Bunda futbolchilarning sakkizta o‘yin ko‘rsatkich bo‘yicha natijalari, musobaqalar darajasi, jamoalar natijalari va maydonda o‘tkazgan vaqti inobatga olingan.
Umumiy reyting yetakchilari
Umumiy top-10 ro‘yxatidan «Barselona»ning to‘rt nafar futbolchisi joy oldi. Birinchi o‘rinni Lamin Yamal egalladi. Shuningdek, Pau Kubarsi — 5-o‘rin, Aleks Balde — 7-o‘rin, Fermin Lopes — 9-o‘rinda qayd etildi.
Pozisiyalar bo‘yicha yetakchilar
Tadqiqotda pozisiyalar kesimida ham eng yaxshilar aniqlandi:
Markaziy himoyachilar: Pau Kubarsi
Qanot himoyachilari: Varren Zair-Emeri
Markaziy yarim himoyachilar: Aleksandr Pavlovich
Hujumkor yarim himoyachilar: Kenan Yildiz
Vingerlar: Lamin Yamal
Markaziy hujumchilar: Vitor Roke
Shu tariqa, Abduqodir Husanov dunyo futbolidagi eng iqtidorli yosh himoyachilardan biri sifatida yana bir bor e’tirof etildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.
Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.
Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.
Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.