Xitoy ta’lim sohasida ham O‘zbekistonning eng yaqin sheriklaridan biri

A A A
Xitoy ta’lim sohasida ham O‘zbekistonning eng yaqin sheriklaridan biri

Hozirgi yoshlarning dunyoqarashi, fikrlashi, hayotga, ta’lim olishga qiziqishi o‘zgacha. Ular zamonaviy bilim egallash, malakali mutaxassis bo‘lib yetishish maqsadida yurtimiz oliy o‘quv yurtlari qatori dunyoning yetakchi davlatlarining nufuzli ta’lim dargohlarida o‘qishni istamoqda. Yoshlarning intilishi, qiziqishini ro‘yobga chiqarish uchun ta’lim sohasi juda rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hukumatimizning doimiy e’tiboridagi masala. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi ayni yo‘nalishdagi eng yaqin, manfaatli sheriklarimizdan biri.

Diplomatik aloqa o‘rnatilgandan buyon o‘tgan 31 yil mobaynida Xitoy – O‘zbekiston munosabati izchil rivojlandi. Keyingi yillarda ikki davlat rahbarlari olib borayotgan oqilona siyosat tufayli har tomonlama strategik sheriklik jarayoni yuksak bosqichga ko‘tarildi. “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi esa azaliy do‘stlik rishtasini tobora mustahkam bog‘lab, avloddan-avlodga yetib borishini ta’minlashga zamin yaratmoqda.

Mamlakatimizda XXRning bir necha oliy ta’lim maskani filiali ochilgan, ko‘plab yigit-qizlarimiz Chin diyorida ta’lim olishmoqda.

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida 1993 yil ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish, 1999 yil esa ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolangan. Ushbu hujjatlar stipendiya almashinuvi uchun chet ellik talabalar sonini oshirish, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun huquqiy asos yaratgan.

Xitoyning mamlakatimizdagi elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, hozirgi kunda 4 mingga yaqin o‘zbekistonlik yosh tolib Xitoy oliy ta’lim maskanlarida tahsil olmoqda.

2008 yil Xitoy tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti stipendiyasi ta’sis etilgan. Shundan buyon tashkilotga a’zo barcha davlatlar qatori O‘zbekistondan borgan talabalarga ham davlat stipendiyasi berib kelinmoqda. Bu ta’lim sohasidagi hamkorlik faol rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.

Xorijlik talabalarga qo‘shimcha qulaylik, imkoniyat yaratilayotgani bois, ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar har yili 100 ga yaqin talabaga davlat stipendiyasi taqdim etilayotgan Xitoyda o‘qishni afzal ko‘rmoqda.

Bugungi kunda Xitoy Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro davlat universiteti singari 18 oliy o‘quv yurtlarimiz bilan rasman hamkorlik qilib kelyapti.

Tabiiyki, talabalar almashinuvi dasturlari orqali yurtimizda o‘qiyotgan xitoylik o‘g‘il-qizlar ham talay va ayni ko‘rsatkich yil sayin o‘smoqda. Ikki davlat oliy ta’lim maskanlari sherikligi chuqurlashishi Lanchjou universiteti, Shimoli-g‘arbiy universitet va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Pekin ikkinchi chet tillar instituti, Sian xalqaro tadqiqotlar universiteti, Shimoli-g‘arbiy universitet va Ipak yo‘li xalqaro turizm va madaniy meros universiteti, Shimoli-g‘arbiy siyosatshunoslik va huquq universiteti va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasidagi yaqin aloqa, doimiy muloqotda namoyon.

Pekin ikkinchi chet tillar instituti rektori yordamchisi, professor Szou Tunsyan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori lavozimida faoliyat yurityapti.

Tyanszin dengizchilik kasb-hunar kolleji va Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasida memorandum imzolangan. Kasb-hunar ta’limi sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida, hamkorlikda “LuBan” sexi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Shu o‘rinda aytish kerak, xitoy tilini o‘rganish ancha qiyin. Shu bois, mazkur xorijiy tilni puxta o‘zlashtirish niyatidagi yoshlar uchun mamlakatimizda qator qulayliklar yaratilgan.

Ayni payt O‘zbekistonda 2 ta Konfusiy instituti faoliyat ko‘rsatmoqda – Toshkentda va Samarqandda. Hozirgacha bu institutlarda 10 ming nafardan ziyod mutaxassis tayyorlandi. Bu yurtimizda xitoy tilini o‘rgatish darajasi oshishi, yoshlarimizning Xitoy haqidagi dunyoqarashi boyishiga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda xitoy tili milliy ta’lim sohasidagi 8 ta ustuvor xorijiy tillar ro‘yxatiga kiritilgan. Xitoy tilini o‘rganishga qiziqishni kuchaytirish, ko‘proq o‘g‘il-qizlarni til o‘rganishga jalb etish maqsadida “Xitoy tili ko‘prigi” tanlovi, “Xitoy ko‘prigi” yozgi oromgohi kabi tadbirlar tashkil etiladi. Bu sa’y-harakatlar xorijiy tilni puxta o‘rganish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtasini mustahkamlashga ko‘maklashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.