Xitoy qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Filippin kemalariga qarshi suv to‘plaridan foydalangan

Xitoy qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Filippin kemalariga qarshi suv to‘plaridan foydalangan

Xitoy qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Janubiy Xitoy dengizining Ayungin hududida Filippin qirg‘oq xavfsizligi kemalariga qarshi suv to‘plaridan foydalandi.

Bu haqda “GMA News” nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Report”.

Hodisa filippinliklar “Sierra Madre” kemasiga oziq-ovqat va xodimlarni olib ketayotgan paytda yuz bergan. Filippin kemalaridan birining dvigateli jiddiy shikastlangan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Xitoy dengizining bahsli suvlarida ikki davlat o‘rtasida vaqti-vaqti bilan bunday voqealar sodir bo‘lib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!