Xitoy Osiyo Kubogini qabul qila olmasligini ma’lum qildi

Xitoy Osiyo Kubogini qabul qila olmasligini ma’lum qildi

Osiyo futbol konfederasiyasi rasmiy sayti Xitoy 2023 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Osiyo Kubogi bahslarini qabul qila olmasligini ma’lum qildi.

Xitoyda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning og‘irlashgani sababli, OFK Xitoy futbol assosiasiyasi bilan kelishgan holda, ularni mezbonlikdan ozod qilishga qaror qilgan.

2019 yil 5 iyunda o‘tkazilgan OFKning navbatdan tashqari kongressida 2023 yilga Osiyo Kubogi Xitoyning 10ta shahrida o‘tkazilishi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, musobaqa 2023 yilning 16 iyunidan 16 iyuliga qadar bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Konfederasiya rasmiy saytining ma’lum qilishicha, endi Osiyo Kubogi mezbonligi uchun yangi nomzodlar ko‘rib chiqiladi va tez orada bu borada yakuniy qaror e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Hanchjou shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan 2022 yilgi Osiyo o‘yinlari ham mamlakatdagi og‘ir vaziyat sabab qoldirilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!