Xitoy kompaniyalari Turkiya va BAA orqali Rossiyani "qurollantirdi"

Xitoy kompaniyalari Turkiya va BAA orqali Rossiyani "qurollantirdi"

Xitoy kompaniyalari 2022 yilda Turkiya va BAA orqali Rossiyaga qurol, o‘q o‘tkazmaydigan jilet va dronlar uchun butlovchi qismlar yetkazib berdi, deb xabar bermoqda Politico.

Bu qurollar maxsus harbiy operasiya zonasida qo‘llangani yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.

Bojxona ma’lumotlari Xitoyning Rossiyaga katta hajmdagi qurol-yarog‘larni jo‘natayotganini ko‘rsatmaydi, biroq ular mamlakatning rus firmalariga ikki maqsadli tovarlarni sotayotganini ko‘rsatadi.

Xitoy kompaniyalaridan biri Rossiya kompaniyasiga 2022 yilning iyun oyida hujjatlarda “fuqarolik ov miltig‘i” sifatida ko‘rsatilgan mingga yaqin CQ-A miltig‘i partiyasini yuborgan.

Gazetaning ta’kidlashicha, Rossiya kompaniyalari 2022-yilning noyabr va dekabr oylarida dronlar uchun 12 partiya qismlar - batareyalar va videokameralar va 12 tonnadan ortiq harbiy texnikalarni olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!