Xitoy janubida 5 ming kishiga mo‘ljallangan xalqaro karantin markazi ochiladi

Xitoy janubida 5 ming kishiga mo‘ljallangan xalqaro karantin markazi ochiladi

Xitoy janubidagi Guanchjou shahrida shu oyda 5 ming kishiga mo‘ljallangan xalqaro karantin markazi ochilishi haqida ma’lum qilindi.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, Guanchjou shahridagi xalqaro karantin markazi shu yilning sentyabr oyi oxirida foydalanishga topshiriladi.

– Markazning barcha binolari qurilishi yakunlandi, hozirda ob’ekt hududi obodonlashtirilmoqda. Kompleksning maydoni 25 gektar bo‘lib, u to‘rt zonaga bo‘lingan: A, B, C, D. Tibbiyot muassasasi 5 ming xonadan iborat, – deyiladi xabarda.

Avvalroq, Xitoy epidemiologi Chjun Nanshan Guanchjouda yirik xalqaro karantin markazining qurilishi chet ellik sayyohlar va epidemiologik xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda yashovchilar uchun mo‘ljallanganligini aytgan edi. Boisi, karantindagi mahalliy mehmonxonalar sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga javob bermaydigan ahvolda ekani qayd etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyga keladigan xalqaro aviareyslarning 80-90 foizi Guanchjouga qo‘nadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!