Xitoy Hindistonni Rossiya neftini dengiz orqali import qiluvchi sifatida birinchi o‘rindan siqib chiqardi

Xitoy Hindistonni Rossiya neftini dengiz orqali import qiluvchi sifatida birinchi o‘rindan siqib chiqardi

Xitoy 2024 yil mart oyida Hindistonni Rossiya neftini dengiz orqali import qiluvchi sifatida birinchi o‘rindan siqib chiqardi. Xitoy kuniga tanker orqali 1,8 million barrel, Hindiston esa kuniga 1,3 million barrel neft import qildi, deb xabar beradi Business Standard.

Shu bilan birga, fevral oyiga nisbatan Hindiston importi oshdi va Rossiya Iroq va Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, mamlakatning eng yirik neft yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda.

G‘arb davlatlari Ukrainadagi urush tufayli qattiq cheklovlar kiritganidan keyin ham Xitoy va Hindiston ikkinchi yil davomida Rossiya energetikasining asosiy bozori bo‘lib qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!