Xitoy ertadan Xubeydagi karantinni bekor qiladi

Xitoy ertadan Xubeydagi karantinni bekor qiladi

Xitoy hukumati 25 mart kuni Xubey provinsiyasiga kirish va chiqish bo‘yicha cheklovlarni bekor qiladi.

Hujjatga ko‘ra, ushbu qaror mintaqadagi epidemiologik vaziyat yaxshilanishi sabab qabul qilindi.

«25 mart soat 00:00dan boshlab Xubey provinsiyasida, Uhan shahri tumani bundan mustasno, yo‘llardagi cheklovlar olib tashlanadi va kirish hamda chiqish uchun transport vositalari harakati tiklanadi. Xubeyni tark etgan odamlar sog‘liqni saqlash kodi asosida harakat qilishi mumkin.

Shuningdek, 8 aprel kuni soat 00:00dan Uhanda tranzit yo‘llar bo‘ylab harakatlanish cheklovlari olib tashlanadi va shaharga kirish hamda chiqish uchun transport qatnovi tiklanadi», - deyilgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Uhan va Xubey provinsiyasida karantin 23 yanvardan boshlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!