Xitoy elchixonasi: Chexiya delegasiyasining Tayvanga tashrifi Xitoy suverenitetini buzadi

Xitoy elchixonasi: Chexiya delegasiyasining Tayvanga tashrifi Xitoy suverenitetini buzadi

Senator Yirji Dragosh boshchiligidagi Chexiya delegasiyasining Tayvanga tashrifi Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini jiddiy ravishda buzadi. Bu haqda Xitoyning Chexiyadagi elchixonasi xabar berdi.

“Bu harakat “Tayvan mustaqilligi” tarafdori bo‘lgan separatistik kuchlarni ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlash, Xitoy davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini jiddiy buzish, xalqaro munosabatlarning asosiy me’yorlari va ikki tomonlama siyosiy majburiyatlarni jiddiy buzishdir”, — deyiladi bayonotda.

Vazirlik ta’kidlaganidek, Chexiya delegasiyasining Tayvanga tashrifi Xitoy va Chexiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning siyosiy asoslariga putur yetkazadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvda AQShning Tayvan atrofidagi provokasiyalarini qoralagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!