Xitoy armiyasida Axborotni ta’minlash kuchlari tashkil etildi

Xitoy armiyasida Axborotni ta’minlash kuchlari tashkil etildi

Pekinda Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi tarkibida yangi turdagi qo‘shinlar – Axborotni ta’minlash kuchlarini tashkil etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda «Sinxua» agentligiga tayanib, «Report» xabar bermoqda.

Axborotni ta’minlash kuchlari qo‘mondoni etib general-leytenant Bi I, siyosiy komissar etib general-polkovnik Li Vey tayinlandi.

Axborotni ta’minlash kuchlariga harbiylar manfaatlariga muvofiq axborot tizimlarini joylashtirish va almashish vazifasi yuklatilgan.

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Raisi Si Szinpin Axborotni ta’minlash kuchlari harbiy sohani sifatli rivojlantirishga ko‘maklashish va zamonaviy urushlarda g‘alabalarni ta’minlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!