Xitoy armiyasi urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirildi

A A A
Xitoy armiyasi urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirildi

Xitoy xalq-ozodlik armiyasining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirilgan qisqa xabar e’lon qilindi, deb yozmoqda Global Times.

Shtab-kvartirasi Shandun provinsiyasi Veyfan shahrida joylashgan Xitoy xalq-ozodlik armiyasining 80-armiyasi rasmiy akkauntida «Urushga tayyorlaning!» degan qisqa xabar joylashtirilgan.

Ushbu tarkib uchta moto-o‘qchi, shuningdek, tank, artilleriya va havo hujumidan mudofaa brigadasidan iborat. Unga Harbiy-havo kuchlarining 7-havo polki va maxsus operasiyalar kuchlari brigadasi biriktirilgan.

Keyinroq berilgan izohlarda 80-armiya vakillari ushbu xabar Xitoy xalq-ozodlik armiyasi tashkil etilganining 95 yilligi munosabati bilan chiqarilganiga aniqlik kiritishib, urushga tayyorgarlik Xitoy harbiylarining asosiy mas’uliyati ekanligini qo‘shimcha qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!