Xitoy armiyasi Tayvan atrofidagi oltita suv zonasida keng ko‘lamli harbiy o‘q otish mashqlarini boshladi

Xitoy armiyasi Tayvan atrofidagi oltita suv zonasida keng ko‘lamli harbiy o‘q otish mashqlarini boshladi

Xitoy armiyasi Tayvan atrofidagi oltita suv zonasida keng ko‘lamli harbiy o‘q otish mashqlarini boshladi. Bu haqda TASS XXR Markaziy televideniyesiga tayanib yozmoqda.

Mashqlar mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da (Toshkent vaqti bilan 09:00) boshlandi. Mashg‘ulot 7 avgustgacha davom etadi.

Avvalroq, XXR rasmiylari 4-7 avgust kunlari Xitoy xalq ozodlik armiyasi mashg‘ulotlari davomida Tayvan oroli atrofidagi oltita hududda osmon yopilishi haqida havo tashuvchilarga rasmiy ogohlantirishni tarqatgandi.

2 avgust kuni Xitoyning Vashingtondagi elchisi Sin Gan AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga javoban Amerika tomoniga katta ta’sir ko‘rsatishni va’da qildi. Shu kuni Xitoy Orol atrofida keng ko‘lamli mashqlarni boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!