Xirmonning barakasi har bir donda. G‘allani talofatsiz omborga yetib borishi IIBB xodimlarining nazoratida

Xirmonning barakasi har bir donda. G‘allani talofatsiz omborga yetib borishi IIBB xodimlarining nazoratida

Joriy yilda Toshkent viloyatida 119 ming 195 gektar suvli maydonlariga bug‘doy ekilgan bo‘lib, hozirda barcha maydonlarda boshoqlar pishib yetilgan. G‘allaning navlariga qarab, o‘rim-yig‘im ishlari ham boshlab yuborilgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, hozirda viloyat IIOlarining ikki mingga yaqin xodimlari karantin tadbirlarida xizmat qilayotgan bo‘lsa, xirmonni o‘z vaqtida nes-nobud qilmay yig‘ib olishda fermer xo‘jaliklari vakillariga ham yaqindan yordam berib kelmoqdalar.

Xirmonni omborga o‘z vaqtida yetkazish, talon tarojlik va boshqa turli holatlarning oldini olish, qolaversa, yig‘im jarayonlarida ishtirok etuvchi fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, bir guruh xodimlar bilan birgalikda IIV Akademiyasining kursantlari tadbirlarga faol ishtirok etib tunu kun xizmat qilmoqdalar.

Shuningdek, o‘rim joylarida ichki ishlar bo‘limi rahbarlari tomonidan, bu yo‘nalishdagi ishlarni o‘z vaqtida samarali tashkil etish, pandemiya bo‘lishiga qaramasdan xirmonlarni kechiktirmay yig‘ib olish va xavfsizlik masalalari yuzasidan, xodimlarga kunlik yo‘riqnomalar o‘tkazilib, berilgan zaruriy topshiriqlarning ijrosi nazorat qilinmoqda.

Mazkur yig‘im ishlarini birgina Oqqo‘rg‘on tumani misolida oladigan bo‘lsak, hozirdatumanning 10  gektardan ortiq maydonda g‘alla hosili yetishtirilmoqda. Bu yerlardan 34 tonnaga yaqin hosil yig‘ib olish rejalashtirilgan. Shundan, 31 500 tonna tovar-don, 2 ming tonnadan urug‘lik hosilidir. Hosilni nes - nobud qilmasdan o‘z vaqtida o‘rim-yig‘im ishlarini bajarish maqsadida 27 ta otryad shakllantirilib, 27 ta o‘rim kombaynlariga 54 nafar operator biriktirilgan bo‘lib, ularga ham ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilib kelinmoqda.

Hozirda tumanning 13 ta hududida g‘alla o‘rimlari davom etmoqda. Hosildorlik darajasi o‘rtacha 60-70 sentnerni tashkil qilayotgan bo‘lsa-da, o‘rimda birinchilar qatorida «Ozodlik» hamda «T-Islom» fermer xo‘jaliklari davlat shartnomaviy rejalarini ortig‘i bilan bajardilar.

«Don» topshirish korxonasida ham turli holatlarning oldini olish maqsadida IIB xodimlari tomonidan to‘liq nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, xirmon qabul qilish ishlari karantin qoidalari asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!