Xiaomi smartfonlaridan to‘qqiztasiga barqaror global MIUI 10 chiqdi

Xiaomi smartfonlaridan to‘qqiztasiga barqaror global MIUI 10 chiqdi

Bilamizki, Xiaomi kompaniyasi o‘zining mobil qurilmalari uchun MIUI grafik qobig‘ini ishlab chiqqan va muntazam yangilab turadi. Uning eng yangi – MIUI 10 versiyasi ham ikki xil: xitoycha va global proshivkalarga bo‘linadi.

Ushbu proshivkalar ham oraliq (sinov, beta-versiya) hamda barqaror – yakuniy talqinlarda bo‘lib, ayni kunlarda global MIUI 10’ning barqaror ko‘rinishi bir necha modellardagi smartfonlarga «havo orqali» tarqatilmoqda.

Yangi proshivkalar muayyan modelga bog‘liq holda Android Nougat yoki Oreo talqinidagi operasion tizim bazasida yaratilgan. Ular tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli ekranlarga ham moslashtirilgan, boshqa dasturiy yangiliklari ham ko‘p

MIUI 10 Global Stable deb nomlanuvchi mazkur apdeytni «Xitoycha Apple» eng birinchi bo‘lib Redmi S2 uchun chiqargandi. Keyinroq esa yana oltita rusumdagi Xiaomi smartfonlari ushbu yangi talqindagi proshivkaga ega bo‘ldi.

O‘QING: Xiaomi yana oltita smartfoniga global MIUI 10 proshivkasini tarqatmoqda

Joriy yilning 19 sentyabridan Xiaomi kompaniyasi yana ikkita modeldagi smartfonlariga MIUI 10 Global Stable – barqaror global proshivkani tarqata boshlagan. Bular – joriy yilning may oyi so‘ngida taqdim etilgan Mi 8 flagmani hamda Redmi Note 5 fabletidir. Demak, o‘ninchi avlod MIUI proshivkasiga qadar yangilanuvchi modellarning umumiy soni to‘qqiztaga yetdi:

  1. Xiaomi Redmi S2;
  2. Xiaomi Redmi Note 5 Pro;
  3. Xiaomi Mi MIX;
  4. Xiaomi Mi MIX 2;
  5. Xiaomi Mi 5;
  6. Xiaomi Mi 6;
  7. Xiaomi Mi Note 2;
  8. Xiaomi Mi 8;
  9. Xiaomi Redmi Note 5.

Odatdagidek, yangilanishlarni «havo orqali» turli hududlarga bosqichma-bosqich tarqatishadi. Shu bois, agarda smartfoningiz shu ro‘yxatdagi modellardan biriga mansub bo‘lsa-yu, haliyam unga yangi proshivka kelmayotgan bo‘lsa – xavotirga o‘rin yo‘q.

Xabarlarga ko‘ra, apdeyt tarqatilishining keyingi to‘lqinida Mi 6X, Mi 8 SE, Redmi 5, Redmi 5 Plus, Redmi 6, Redmi 6A, va Mi MIX 2S modellari uchun ham barqaror global MIUI 10 proshivkasi taqdim etiladi.

Aytish kerakki, «xitoycha Apple»ning bir qator smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham O‘zbekistonda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

Manba: terabayt. uz

.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!