Xavi "Real"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida nima dedi?

Xavi "Real"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida nima dedi?

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Real"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi. Jamoa jiddiy bosim ostida qoldi va yakunda mag‘lub bo‘ldi. Biroq, Xavi klub to‘g‘ri yo‘lda ekanligiga ishonmoqda.

“Men xafaman. O‘yinning dastlabki yigirma daqiqasi biz uchun murakkab kechdi. Boshimizda so‘nggi natijalar band qilib qo‘ygandi. Biroq, biz bosimga dosh bera oldik, ancha yaxshi o‘ynay boshladik. Jang yakunida biz o‘yin tizginini qo‘lga oldik. Menimcha, biz hozir to‘g‘ri yo‘ldamiz. Asosiy futbolchilar safga qaytishdi. Biz mag‘lubiyatga uchradik, turnirdan chetlatildik, ammo komplekslarimizni yengishga muvaffaq bo‘ldik”, - dedi Xavi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!