Xanchjou-2022, shaxmat. Yigitlarimiz Qirg‘izistonni mag‘lub etdi, qizlarimiz Xitoy bilan durang o‘ynadi

Xanchjou-2022, shaxmat. Yigitlarimiz Qirg‘izistonni mag‘lub etdi, qizlarimiz Xitoy bilan durang o‘ynadi

Xanchjou Osiyo o‘yinlarida bugundan shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida jamoaviy bahslar boshlandi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 1-turda Qirg‘izistonga qarshi dona surib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev g‘alaba qozongan bo‘lsa, Jahongir Vohidov va Shamsiddin Vohidov durang qayd etishdi. Natijada jamoamiz hisobiga 2 ochko yozildi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa ilk uchrashuvda mezbon Xitoy bilan to‘qnash kelib, o‘ta kuchli raqib bilan jangovar durang qayd etdi. Nilufar Yoqubboyeva va Marjona Malikova o‘z partiyalarini boy bergan bo‘lsa, Xanchjou-2022 kumush medali sohibi Umida Omonova va Afruza Hamdamova g‘alaba qozonishdi. Ayniqsa, Afruza seytnot holatiga tushib qolganiga qaramasdan g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Hisob — 2:2. Qizlarimiz bir ochkoni qo‘lga kiritishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!