Xalqaro sud tasdiqladi: Turkiya Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi da’vosiga qo‘shildi
«Turkiya sud Nizomining 63-moddasiga tayangan holda, Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan Isroilga qarshi G‘azo sektorida genosid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyani qo‘llash bo‘yicha ishga qo‘shilish to‘g‘risidagi arizani kotibiyatga taqdim etdi», deyiladi hujjatda.
Xalqaro Sud Nizomining 63-moddasida har qanday manfaatdor davlat ishda ishtirok etishi mumkin, bunda sud tomonidan chiqarilgan qaror shu davlat uchun ham majburiy bo‘ladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)