“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-214-son, 10.06.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

Mazkur Bitim, 2023 yil 13 oktyabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Adliya vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!