Xalq bankida muammoli kreditlar oshib ketgani sabab tijorat kreditlari vaqtincha to‘xtatildi

Xalq bankida muammoli kreditlar oshib ketgani sabab tijorat kreditlari vaqtincha to‘xtatildi

Aksiyadorlik tijorat Xalq bankida muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketganli sababli tijorat kreditlari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda bankning o‘zi e’lon qildi.

"Ammo yaqin kunlarda qaytgan mablag‘lar hisobidan ushbu kreditlarni berish yo‘lga qo‘yiladi" deyiladi xabarda.

Davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar esa berilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bu yo‘nalishdagi kreditlar muammoli kreditlari ko‘p bo‘lmagan va kreditlar o‘z vaqtida qaytayotgan filiallarda qaytgan mablag‘lar hisobidan beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!