Xakerlar Surxondaryoda hokimliklar saytiga nega hujum qilganligi aytildi

Xakerlar Surxondaryoda hokimliklar saytiga nega hujum qilganligi aytildi

6 yanvar kuni Surxondaryoda viloyat, shahar va tumanlarning rasmiy saytlari xakerlar hujumiga uchraganligi ma’lum qilindi. «Clone Security» guruhi ushbu hujumni o‘z zimmasiga olgan.

Xakerlar xabarida butun viloyat hokimligi tizimiga kirishganligini, viloyat hokimi «yaxshi mutaxassislarga e’tibor qaratmasa», uning yopiq qaror va farmoyishlarini e’lon qilinishi aytilgan. 

«Clone Security» guruhi «Gazeta.uz» nashriga yuborgan murojaatida viloyat hokimligi AKT bo‘limida ishlaydigan xodim ikki hafta oldin hokimlik ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘z ish kabinetida o‘zaro kelishmovchilik sabab kaltaklaganligi aytilgan.

Ishlar boshqarmasi boshlig‘i AKT bo‘limi xodimiga Surxondaryo viloyati hududidan chiqib ketish shartini qo‘yganligi aytilmoqda.

18 dekabr kuni holat yuzasidan xodim prezident Virtual qabulxonasiga qilgan murojaati uchun rasman ishdan olingan, deyiladi guruh murojaatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!