Xabib Nurmagomedov O‘zbekistondan ajoyib sovg‘a qabul qilib oldi

Xabib Nurmagomedov O‘zbekistondan ajoyib sovg‘a qabul qilib oldi

O‘zbekiston aralash jang san’atlari asossiasiyasi raisi o‘rinbosari Hasan Ergashev yengil vazn toifasida rossiyalik UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedovga O‘zbekistondan sovg‘a yubordi.

Sovg‘a qutisining ichidan quritilgan mevalar: mayiz, yong‘oq, bodom, sho‘rdanak, turshak kabi mahsulotlar joy olgan.

O‘z navbatida, Xabib Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali hamyurtimizga minnatdorchilik bildirgan.

Hasan Ergashev yanvar oyidan buyon aralash jang san’atlari asossiasiyasida ishlab kelayotganini ta’kidlash lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!