Futbolga oid mashhur TouchlineX X-akkaunti Xabi Alonsoning «Real» futbolchilari bilan bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Federiko Valverde uni o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida ishlatilayotganidan ochiqchasiga norozilik bildirgan.
Vinisius Junior bilan La Ligadagi «el-klasiko» uchrashuvida almashtirib olinganidan keyin nizo yuzaga kelgan.
Shuningdek, Kilian Mbappe bilan ham tarang munosabatlar bo‘lgan. Mbappe Ispaniya Superkubogi finalidan so‘ng «faxriy yo‘lak»ni bajarmaslikka jamoani uddagan.
Rodrigo bilan esa o‘yin amaliyoti yetishmasligi sababli ilk davrdayoq muammolar paydo bo‘lgan.
Jud Bellingem jamoaga qaytgach, taktik qiyinchiliklar yuzaga kelib, bu Arda Gyulerni to‘g‘ri integrasiya qilishda muammolarga sabab bo‘lgan.
Bir qator futbolchilar Xabi Alonso tomonidan qo‘yilgan yuqori talablar va mashg‘ulotlar intensivligi darajasidan norozi bo‘lgan. Shuningdek, u klubdan yangi transferlar talab qilgani, ammo bu talablar rad etilgani aytiladi, — deya yozadi manba.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni, 12 yanvar sanasida «Real» Xabi Alonsoning jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini rasman e’lon qildi. Uning o‘rniga Alvaro Arbeloa tayinlandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.