WBC reytingi: Shahram ko‘tarildi, Do‘smatov va Meliqo‘ziyev pastladi
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) aprel oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Bahodir Jalolov mart oyidagi o‘rnini saqlab qoldi - 12-pog‘ona! Shahram G‘iyosov va Olimjon Nazarov o‘tgan oydagi reyting o‘rinlariga nisbatan bir pog‘onaga ko‘tarilib olishgan. Bektemir Meliqo‘ziyev va Hasanboy Do‘smatov aksincha, bir o‘ringa pastlashgan.
Reytingdan 8 nafar bokschimiz o‘rin olgan:
Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydagi kabi 12-o‘rinda qolgan;
Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev bir pog‘ona pastladi va 14-o‘ringa joylashdi;
Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov o‘tgan oydan bir pog‘ona yuqorilab, 11-o‘rinni egallagan bo‘lsa; Jahongir Rasulov bir pog‘onaga pastladi - 33-o‘rin;
Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov bir pog‘onaga pastlab, 27-o‘rinni band etdi;
Engil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov 1 pog‘ona yuqorilab, 31-o‘ringa joylashdi;
Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov bir pog‘onaga pastladi - 6-o‘rin.