Voyaga yetmagan bolalar ham xususiy mulk egasi bo‘lishi mumkinmi?

Voyaga yetmagan bolalar ham xususiy mulk egasi bo‘lishi mumkinmi?

Voyaga yetmagan bolalarning hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.

 Voyaga yetmaganlarning tadbirkorlik faoliyatiga qo‘shgan mablag‘i va undan orttirgan daromadi, agar bola bilan ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari o‘rtasida boshqacha tartibni belgilovchi shartnoma bo‘lmasa, voyaga yetmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari (kiyim-kechak, poyabzal, ishlab chiqarish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!