Volvo ketma-ket ikkinchi yildirki Yaponiyada eng zo‘r avtomobil deb topilmoqda

Volvo ketma-ket ikkinchi yildirki Yaponiyada eng zo‘r avtomobil deb topilmoqda

Har yili o‘tkaziladigan Yaponiyaning eng zo‘r avtomobili JCOTY tanlovi tashkilotchilari bu yilgi g‘olibni aniqlashdi. Tanlovda ikkinchi yildirki, Volvo rusumli avtomobil g‘olib chiqmoqda. XC40 krossoveri g‘olib chiqdi, o‘tgan yili g‘oliblik XC60ga nasib etgan edi. Mahalliy 60 nafar jurnalistlardan iborat hakamlar hay’ati mashinani dizayni, interyer jihozlanishi sifati, ixcham o‘lchamlari va xavfsizlik darajasiga qarab baholashgan, deb yozadi motor.ru.

Bu yil 27 nominantlar orasidan yaponlarning faqatgina 10 modeli o‘rin oldi. Kunchiqar yurt nomidan Subaru Forester, Daihatsu Mira Tocot, Toyota Corolla Sport, Toyota Crown, Lexus LS, Nissan Serena e-Power, Honda Clarity PHEV, Honda CR-V, Mazda CX-8 va Mitsubishi Eclipse Cross kabi mashinalar qatnashishdi. Finalga oltita yapon va yevropaliklarning to‘rtta mashinasi chiqdi. Hakamlar hay’atining har bir a’zosi 25 ballni bu mashinalar o‘rtasida taqsimlab chiqishi va ularning yig‘indisi g‘olibni aniqlab berishi kerak edi.

Marka

Ball

Volvo XC40

363

Toyota Corolla Sport

314

Volkswagen Polo

197

Toyota Crown

170

Mitsubishi Eclipse Cross

156

Mazda CX-8

111

Alfa Romeo Stelvio

106

BMW X2

47

Honda Clarity PHEV

36

Mazkur tanlov o‘tkazilayotganidan buyon bor-yo‘g‘i uch bor xorijiy avtomobil g‘olib chiqmoqda. 2017 va 2018 yillarda ular Volvo XC60 va XC40, 2014 yilda esa — Volkswagen Golf bo‘lgan. Bu yil Volvo bilan Alfa Romeo Stelvio, BMW X2 va VW Polo raqobatga kirishishgandi.

Volvo XC40ʼdan tashqari Honda Clarity PHEV (eng innovasion), BMW X2 (eng emosional) va Daihatsu Mira Tocot (eng yaxshi key-kar) mukofotlarga sazovor bo‘lishdi. Honda N-Van furgonlar oilasiga ham maxsus sovrin berildi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!