Volodin Zelenskiyga Kiyev nomini o‘zgartirishni taklif qildi

Volodin Zelenskiyga Kiyev nomini o‘zgartirishni taklif qildi

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Volodin prezident Zelenskiyga Kiyev nomini Nulandga o‘zgartirishni taklif qildi.

Ukraina poytaxtidagi Yuriy Gagarin ko‘chasi amerikalik astronavt Nil Armstrong sharafiga o‘zgartirilgandan keyin, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning navbatdagi qadami Kiyev nomini AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari sharafiga Nuland deb o‘zgartirish bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida qayd etdi.

Duma spikerining so‘zlariga ko‘ra, 2014 yilning fevralida bo‘lib o‘tgan Ukrainadagi davlat to‘ntarishidan so‘ng Kiyev rasmiylari tarixni doimiy ravishda qayta yozmoqda.

Bundan tashqari, to‘ntarishdan so‘ng maktablar va universitetlar talabalarga Ukraina uchun Ulug‘ Vatan urushi bo‘lmagani — faqat Ikkinchi jahon urushi bo‘lganini o‘qtirgan. Shuningdek, mamlakat G‘alaba bayramini G‘arbga moslashish maqsadida 9 mayda emas, balki 8 mayda nishonlay boshlagan.

“Ukrainada Georgiy lentasi taqiqlangan va nasist tashkilotlari ulug‘lana boshlangan”, deya ta’kidladi Volodin.

Uning ta’kidlashicha, neonasistlar rejimi o‘z xalqining tarixini yo‘q qilib, Ukrainani AQSh mustamlakasiga aylantirgan.

15 iyun kuni ekspert komissiyasi Kiyevdagi Yuriy Gagarin ko‘chasini amerikalik astronavt Nil Armstrong sharafiga o‘zgartirishni taklif qildi. Shuningdek, rasmiylar Ukraina poytaxtida joylashgan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi Volodya Dubinin ko‘chasini amerikalik yozuvchi Rey Bredberi nomiga almashtirmoqchi.

“Zelenskiy uchun navbatdagi qadam Kiyev nomini Nulandga o‘zgartirish bo‘lishi kerak (Maydonda shirinlik tarqatgan AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari sharafiga)”, deydi Volodin.

Avvalroq, Rossiya Davlat dumasi spikeri Ukraina 2014 yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidan boshlab parchalanayotganini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (5 )

    Shuhrat
    🤣
    ЖУРАБЕК
    Энди ўзинг отасини исмини хам Байден қўй
    Дони
    Зелен Киевни номини Байдинев ёки Жаска (Б.Жонсон) деб узгартириши мумкин
    Георгий лентаси бизда хам такикланган..
    МТС
    Нуланд - мать городов русских.