Volodimir Zelenskiy Ukrainada saylov o‘tkazmoqchi, biroq Valeriy Zalujniyning unda ishtirok etmasligi kafolati olinmagunicha, saylovlar e’lon qilinmaydi

Volodimir Zelenskiy Ukrainada saylov o‘tkazmoqchi, biroq Valeriy Zalujniyning unda ishtirok etmasligi kafolati olinmagunicha, saylovlar e’lon qilinmaydi

Volodimir Zelenskiy Ukrainada saylov o‘tkazmoqchi, biroq Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning unda ishtirok etmasligi kafolati olinmagunicha, saylovlar e’lon qilinmaydi, deb yozadi “Strana” nashri Ukraina siyosiy doiralaridagi o‘z manbasiga tayanib.

Manbaga ko‘ra, Zelenskiy saylov o‘tkazmoqchi bo‘lgan. "Ammo bitta muammo paydo bo‘ldi — Zalujniy. U hal etilmaguncha saylovlar e’lon qilinmaydi", — deya ma’lum qildi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda Zelenskiyning idorasi Zalujniy ehtimoliy saylovlarda o‘z nomzodini ko‘rsatmasligi kafolatiga erishmoqchi. "Agar bunday kafolatlar berilmasa, u holda Zelenskiyning idorasi bosh qo‘mondonni ishdan bo‘shatishga harakat qiladi. Va shunchaki emas, balki maksimal darajada obro‘sizlantirish bilan", — deya ta’kidladi manba. Biroq, uning qayd etishicha, bular hozircha faqat rejalar va ularning amalga oshishiga G‘arb davlatlarining pozisiyasi ta’sir qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!